IIV akademiyasi kursantlari “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida yig‘ildilar.
Galdagi adabiy-ma’rifiy tadbir xalqimizning ikki suyukli farzandi, atoqli ijodkorlar Said Ahmad va Saida Zunnunova haykallari poyida tashkil qilindi. Professor-o‘qituvchilar va kursantlar so‘z olgan kechada yuksak iste’dod sohiblarining murakkab hayoti, ijod faoliyati, asarlarining tarbiyaviy ahamiyati e’tirof etildi.
* * *
Nukus shahrida BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi qabul qilingani munosabati bilan “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida seminar boshlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda IIV akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.
Ikki kunlik seminar davomida prokuratura va ichki ishlar tizimi xodimlari uchun dolzarb mavzularga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Yakunda tinglovchilarga sertifikat topshiriladi.
* * *
Rossiya Federatsiyasi Federal jazoni ijro etish xizmatining Huquq va boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda kunduzgi ta’limning “jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishi kursantlari hamda ixtisoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Xorijlik mutaxassis, tarix fanlari nomzodi, dotsent Oleg Tarasov ma’ruza qilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati