O‘quv dargohida jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi raisi bilan bevosita muloqot bo‘lib o‘tdi.
Soha vakili sud-huquq tizimidagi yangiliklarga to‘xtalib, kunduzgi ta’lim kursantlari yo‘llagan savollarga javob berdi. Shuningdek tadbirda sud-tergov amaliyotidagi ayrim muammolar, yangilangan Konstitutsiyamizda mustahamlangan institutlar, ularning ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.
* * *
Akademiya magistraturasida o‘tkazilgan galdagi tadbir “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimiga bag‘ishlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda davlatimiz rahbarining “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amaliyotga joriy qilingan mazkur tizimning imkoniyatlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.
Tadbir davomida tinglovchilarning o‘quv moduli doirasida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida ochiq muloqot ham bo‘lib o‘tdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati