Magistratura tinglovchilari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Qaytar dunyo” spektaklini tomosha qilishdi.
Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi asosida xodimlarning estetik tarbiyasini kuchaytirish, ma’naviy qadriyatlarimiz, milliy madaniyat va urf-odatlarimizni targ‘ib qilish maqsadiga qaratilgan spektakl namoyishi tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
* * *
IIV Akademiyasida “Ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta’minlashning dolzarb muammolari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti bilan hamkorlikda tashkil qilingan anjumanda “Milliy gvardiya tizimida psixologik ta’minlash xizmati: muammo va yechimlar”, “Ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy psixologik bilimlarning o‘rni”, “Kasbiy toliqish va uni korreksiyalash usullari”, “Harbiy xizmat psixologiyasida adaptatsiya muammolari”, “Bojxona xodimi kabiy faoliyatining kompetensiyaviy jihatlari” kabi mavzular atrofida fikr almashildi.
* * *
Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida jit kun-do sporti bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizning barcha hududlaridan mahoratli sportchilar ishtirok etgan musobaqada IIV Akademiyasi kursantlari sovrindorlar safidan o‘rin olishdi.
Jumladan, A. Mamajonov, X. Usmonov, Sh. Ravshanov, Sh. Ashuraliyev, A. Ixtiyorov, A. Hoshimov, J. Shohnazarov, A. Tavasov, A. Murodovlar oltin, B. Boymurotov, A. Nusratov, M. Davurov, M. Amirxonov, S. Tursunovlar kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati