Magistratura tinglovchilari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Zamon Avloniysi” spektaklini tomosha qildilar.
“Qorako‘l matematika maktabi”ga asos solgan mohir pedagog, O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi To‘xtamurod Jumayevning ibratli umr yo‘li haqida hikoya qiluvchi spektakl barchada juda iliq taassurot qoldirdi.
* * *
Ma’naviyat va ma’rifat maskanida “Vatanga va xalqqa xizmat qilish – muqaddas burch!” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari kasb madaniyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ichki ishlar organi xodimi sha’niga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlar haqida tushuncha berib, kursantlarni burchga sodiq va fidoyi bo‘lishga undadilar.
* * *
IIV Xorazm akademik litseyida vatanpavarlikni targ‘ib qiluvchi tadbir o‘tkazildi.
Dastlab litsey direktori L. Yakubov so‘z olib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirning maqsadida to‘xtaldi. Shundan so‘ng IIV akademiyasi dotsenti N. Yulliyev “Buyuk ajdodlarimiz hayoti va boy merosining yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni” mavzuida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ allomalar, ularning bebaho asarlari, ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
* * *
O‘quv dargohida yoshlarning korrupsiyaga qarshi immunitetini mustahkamlashga qaratilgan viktorina bo‘lib o‘tdi.
Kriminologiya kafedrasi, Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi hamda saf qismi hamkorligida o‘tkazilgan viktorinada 2-o‘quv kursidan 8 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Ikki shart yakuni bo‘yicha 2-otryad jamoasi birinchi o‘rinni, 5-otryad jamoasi ikkinchi o‘rinni, 4-otryad jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati