Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

15 Noyabr 2023, 08:11

1016

IIV Malaka oshirish institutining Bektemir tumanidagi o‘quv bazasida psixolog mutaxassislar uchun mashg‘ulot tashkil qilindi.

“Poligraf apparati yordamida psixofiziologik tekshiruvlarni o‘tkazish” mavzuidagi mashg‘ulotni IIV Akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Yoqubjon Farfiyev o‘tkazdi.

Malakali mutaxassis poligraf apparatining texnik imkoniyatlari, uni amaliyotda qo‘llash, shuningdek, insonning noverbal xatti-harakatlarini baholash, psixofizilogik tekshiruvlarni o‘tkazish, jinoyatlarni tergov qilish jarayonida foydalaniladigan samarali metodikalar bo‘yicha xorijiy davlatlarda o‘rgangan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

* * *

Ichki ishlar organlarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan IIV Qoraqalpoq akademik litseyida uchrashuv o‘tkazildi.

Dastlab o‘quvchilar uchun IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim bakalavriatiga o‘qishga kirish tartibi haqida ma’lumot berildi. O‘quv muassasasining Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi dotsenti, kapitan Abdulhamid Mirzayev davlatimiz rahbarining soha doir qarorlari asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar, kursant yoshlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida milliy kurash hamda jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha master-klass mashg‘ulotlari tashkil etildi.    

* * *

IIV Akademiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir axborot texnologiyalarining zamonaviy imkoniyatlariga bag‘ishlandi. 

O‘zaro tajriba almashish va ilg‘or ishlanmalarni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar taqdimot qilindi. O‘quv muassasalari vakillari talimni raqamlashtirish va mazkur sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib oldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech