Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

15 Dekabr 2022, 09:12

1279

13–15-dekabr kunlari IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mashg‘ulotlarda profayling tizimining afzalligi, jinoyatchilikka qarshi kurashishda psixologik usul va metodikalardan foydalanish, bu borada amaliyotga tatbiq qilingan samarali yondashuvlar, profayling jarayonida soha xodimlaridan talab etiladigan xislatlar, ularni shakllantirish usullari batafsil tushuntirib o‘tildi. Shaxsiy tarkib a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

* * *

IIV Akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi tomonidan Shayxontohur tumanidagi 41-sonli oilaviy poliklinikada huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Tadbirda davlatimiz rahbarining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati, shuningdek xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tushuntirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech