Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

14 Dekabr 2023, 05:12

701

Oliy Majlis Senatida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari bilan birga, akademiya magistraturasi tinglovchilari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”, “Soliq va budjet qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqilib, mudofaa tizimidagi ishlar yuzasidan vazir axboroti eshitildi.

* * *

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

“Jaholatga qarshi ma’rifat!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda globallashuv jarayonlarining yoshlar ongi va tarbiyasiga ta’siri, yosh avlodni turli yot g‘oyalar, ayniqsa “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash, ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir so‘nggida ta’lim muassasalari yoshlari ta’lim jarayonlari bo‘yicha tajriba almashdilar.   

* * *

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Barnaul va Ufa yuridik institutlari bilan hamkorlikda onlayn mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

“Kiberjinoyatchilik” hamda “Bosqinchilik va talonchilik jinoyatlarini fosh etish xususiyatlari” mavzularida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi. Mazkur jinoyatlarning yangi ko‘rinishlari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari yoritilgan mashg‘ulotlar akademiya kursantlarining ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech