Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

11 Mart 2023, 05:03

1327

IIV Akademiyasining “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlari uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida davra suhbati o‘tkazildi.

Muloqotda ma’muriy qonunchilikni takomillashtirish yo‘lidagi islohotlar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va javobgarlikni ta’minlash masalalari, shuningdek sud-tergov amaliyotida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar xususida fikr almashildi.

* * *

“Muloqot klubi”ning galdagi mehmoni magistratura katta o‘qituvchisi, iste’fodagi polkovnik Abror Ibragimov bo‘ldi.

Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbir uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga bag‘ishlandi. Qizg‘in muloqotda kursantlar mustaqillikning dastlabki yillari uyushgan jinoyatchilikka barham berish maqsadida olib borilgan tezkor tadbirlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

* * *

IIVning Toshkent viloyatidagi akademik litseyida “Ekspert-kriminalistika faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari” mavzuida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi.

Toshkent viloyati IIBB EKM bilan hamkorlikda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda kriminalistik ekspertizalar o‘tkazishda qo‘llaniladigan uskunalar namoyish qilindi. Izlarni olish usullari, texnik jihozlar haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa ko‘chma avtolaboratoriyada yaratilgan imkoniyatlar o‘quvchilarda katta qizig‘ish uyg‘otdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech