Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

11 Fevral 2023, 08:02

999

IIV Akademiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi vakillari va “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan kursantlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Profilaktika inspektorining sud organlari bilan hamkorligi” mavzuyidagi tadbirda soha faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Kursantlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, sudlarga taalluqli bo‘lgan ma’muriy ishlarga oid protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

***

O‘quv dargohida ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ekspert-kriminalistika bosh markazi rahbariyati, Akademiyaning Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek onlayn formatda hududiy ekspert-kriminalistika bo‘linmalari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda soha faoliyati va joriy yildagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

***

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Akademiya ilmiy tadqiqotchilari oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Unda ilmiy-tadqiqot faoliyatining hozirgi holati, ichki ishlar organlari muammolarini tadqiq etish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish borasida yaratilgan mexanizmning istiqboldagi natijalari, yosh olimlar safini kengaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr almashildi.

***

Ta’lim muassasasi kursantlari jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ishtirok etishdi.

Muhokamadan so‘ng soha vakillari ishtirokida sudlar faoliyatini isloh etish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, sud-tergov amaliyoti samaradorligini oshirishda kasbiy bilim va ko‘nikmalarning ahamiyati xususida davra suhbati tashkil qilindi.

***

IIV o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 Tadbirga poytaxtimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati, shuningdek Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi idoraviy litseylarda ta’lim olayotgan jami 75 nafar o‘quvchi taklif etildi.

O‘quv dargohida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’limning innovatsion yondashuvlari, kursantlar uchun yo‘lga qo‘yilgan imkoniyatlar yosh avlod vakillarining kasbiy qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech