Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

06 Mart 2023, 08:03

995

IIV Akademiyasida poytaxtimizdagi shahar-tuman ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘ini tashkil qilindi.

Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Toshkent shahar IIBBning malakali ekspertlari tomonidan “Hodisa sodir bo‘lgan joydan izlarni topish va qayd etishning zamonaviy usullari” mavzuida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quv yig‘ini yakunida tinglovchilardan sinov qabul qilindi.

***

Modulli o‘qitish tizimi ta’limni amaliyot bilan uzviy bog‘lashga xizmat qilmoqda.

“Jazoni ijro etish faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha o‘qiyotgan kursantlar IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazining 13-son jazoni ijro etish koloniyasida bazaviy amaliyot mashg‘ulotini o‘tashdi. Amaliy mashg‘ulotda o‘quv moduliga kiritilgan fanlar yuzasidan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

***

O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati chet tillarini o‘rganishning dolzarb ahamiyatiga bag‘ishlandi.

Tadbirda kafedra o‘qituvchilari va kursantlar so‘zga chiqib, zamonaviy ta’limda xorijiy tillarning o‘rni, til o‘rganishning ommalashgan metodlari, ichki ishlar organi xodimlari uchun chet tilni bilish zarurati xususida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech