Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

30 May 2023, 07:05

981

IIV Akademiyasining Tashkiliy-shtab faoliyati kafedrasi tomonidan “Ichki ishlar organlarida inson huquqlarini himoya qilishni tashkil etish” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, IIV Malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda dolzarb masala atroflicha muhokama qilindi.

Soha vakillarining fikr-mulohazalari asosida ichki ishlar organlarining inson huquqlarini himoya qilish faoliyatini takomillashtirishga oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

* * *

Bojxona institutida jinoyat protsessida tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni takomillashtirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ham faol ishtirok etib, tergovga qadar tekshiruvni takomillashtirishda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning ahamiyati va zarurati haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

* * *

IIV Akademiyasining Tergov faoliyati kafedrasi tashabbusi bilan mazkur ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlari uchun “Bojxona nazoratining texnik vositalari” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.

Bojxona instituti o‘quv bazasida tashkil qilingan mashg‘ulot davomida tizimda qo‘llanilayotgan zamonaviy vositalarning afzallik jihatlari tushuntirib o‘tildi. Ta’lim muassasasi kursantlari huquqni qo‘llash amaliyotida qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan o‘zaro muloqot qilishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech