Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

30 Aprel 2023, 02:04

1193

IIV Akademiya kursantlari uchun Toshkent davlat yuridik universitetida sayyor mashg‘ulot tashkil qilindi.

O‘zaro hamkorlik memorandumiga binoan yuridik ta’limni rivojlantirish, o‘qitishning ilg‘or yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashish, yoshlarni o‘z kasbining yetuk mutaxassisi etib tayyorlash tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Mashg‘ulot jarayonida kursantlar “Jinoyatlarni tergov qilishda himoyachi ishtirokini ta’minlash asoslari va protsessual tartibi” mavzuyida ma’ruza tinglab, tajribali professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashdilar. Universitet bo‘ylab sayohat ta’limda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar bilan tanishishga xizmat qildi.

* * *

26-aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga 69 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan IIV Akademiyasida bo‘lib o‘tgan ma’rifiy tadbirda xalqimizning suyukli shoiri yodga olindi.

Adabiy kechada O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari, she’riyat muxlislari so‘z olib, Muhammad Yusuf ijodi, betakror iste’dod sohibining milliy adabiyotimiz rivoji yo‘lidagi ulkan xizmatlari, xalqimiz, ayniqsa yosh avlod uchun qoldirgan bebaho merosi haqida bildirgan yorqin mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda ijodkor yoshlar tomonidan shoir she’rlaridan namunalar o‘qildi.

* * *

FVV Akademiyasida o‘tkazilgan sayyor mashg‘ulotda Ofitserlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti tinglovchilari ishtirok etdi. 

“Yong‘in orqali sodir etilgan jinoyat izini aniqlashning zamonaviy yo‘nalishlari” mavzusidagi mashg‘ulotni IIV Akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik I. Haydarov o‘tkazdi.

Tinglovchilar mavzuning nazariy va amaliy jihatlari, xususan, voqea joyini foto va video tasvirga tushirish, ashyoviy dalillarni izlash va topish, ularni tegishli tartibda qayd qilish va ekspertizaga yuborish yuzasidan amaliy faoliyat uchun zarur bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech