Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

30 Mart 2023, 10:03

1199

Respublika Inson huquqi madaniyati markazi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Buxoro shahridagi “TURON ZARMED” oliy ta’lim muassasasida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan yangi normalarning ahamiyati va mazmun-mohiyati, konstitutsiyaviy islohotlarning pirovard maqsadi, bo‘lajak referendumga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

* * *

Akademiyaning Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tomonidan ushbu ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar uchun davra suhbati tashkil etildi.

Hududlarning kriminogen holatini o‘rganish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amaliyotdagi mavjud muammolarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish faoliyatiga iqtidorli kursantlarni jalb qilish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Davra suhbatida kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari, yosh olim va kursantlar so‘zga chiqdi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish borasida istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

* * *

Toshkent davlat transport universitetida “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va kiberjinoyatlarni oldini olishning huquqiy asoslari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Akademiyaning Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan kiber olamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar, kiberjinoyatlarning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari, bu boradagi statistik ma’lumotlar yuzasidan qilingan ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech