Magistratura tinglovchilari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘ldilar.
Tadbir avvalida “Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari” va “Raqamli texnologiyalardan foydalanishda kiberxavfsizlikni ta’minlash” mavzularida master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi. Shundan so‘ng tinglovchilar universitetdagi laboratoriyalar bilan tanishib, sohadagi yangigiklar haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
* * *
Poytaxtimizning “Qushbegi” va “Shayx Shibliy” mahallalarida “Ma’naviyat mahalladan boshlanadi” mavzuida uchrashuv o‘tkazildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati fakulteti tashabbusi bilan “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar bilan “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Ochiq muloqotda akademiya kursantlari “mahalla yettiligi” tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
* * *
Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahridagi otaliqqa olingan maktablarda huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazildi.
Yoshlar bilan muloqot chog‘ida huquqiy jamiyat va qonun ustuvorligi tushunchalarining mazmun-mohiyati, yosh avlodda qonunga itoatkorlik hissini shakllantirish yo‘llari, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, o‘quvchilarning kasbiy qiziqishi, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari, maktablardagi fan va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati