Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

28 Aprel 2023, 06:04

975

Ma’muriy huquq kafedrasi tomonidan “Ichki ishlar organlarining ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni ta’minlash faoliyatining bugungi holati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

IIV  JXD YHXX Ma’muriy amaliyot boshqarmasi, Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB vakillari, kafedra professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etgan tadbirda dolzarb masalalar yuzasidan chiqishlar qilindi. Mavjud muammolarning yechimlari, aynisa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar tadbirning ahamiyatini yanada oshirdi.

* * *

Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari, sud-huquq tizimi vakillari va kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati avvalida kafedra boshlig‘i, podpolkovnik B. Rashidov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun asosida amaliyotga joriy qilingan institutlar sud-tergov faoliyatida shaxs huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilingan tadbir davomida muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.

* * *

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tashkil etgan davra suhbati ilmiy-tadqiqot ishlarida kursant yoshlar faolligini oshirish masalasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda yoshlarni ilmiy izlanuvchilikka yo‘naltirish, ichki ishlar organlari amaliyotidagi mavjud muammolarni tadqiq qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha xorijning turdosh oliy ta’lim muassasalari ijobiy tajribalarini o‘rganish, shuningdek Akademiya boshlig‘ining 2022-yil 13-iyuldagi “Kursantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ida nazarda tutilgan talablar haqida so‘z bordi.

  Ochiq muloqotda ixtisoslik kafedralaridan professor A. Tursunov, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Q. Saitqulov hamda kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursining faol kursantlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. 

* * *

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, Toshkent davlat transport universitetida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Akademiyaning Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda qarorda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi. Kunning ikkinchi yarmida mazkur o‘quv muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlar ishtirokida “Zamonaviy avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” mavzusida seminar-trening ham bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot yo‘l-transport tizimiga joriy qilinayotgan zamonaviy standartlar, ayniqsa innovatsion yondashuvlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va nazariy bilimlarni mustahkamlash imkonini berdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech