Belarus Respublikasi IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn mashg‘ulotni Jinoyat-ijroiya fakulteti dotsenti, militsiya podpolkovnigi Vladimir Shabal o‘tkazdi.
“Jazoni ijro etish faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar qatnashgan mashg‘ulot “Belarus Respublikasida jinoiy jazolarni ijro etish tizimi” mavzuyiga bag‘ishlandi.
Xorijlik mutaxassis Belarus jinoyat-ijroiya qonunchiligi, xususan, jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakl va usullari, mahkumlarning huquqlarini ta’minlash mexanizmlari, bu borada xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlariga to‘xtaldi.
* * *
IIV Akademiyasining “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari “Muloqot klubi”da yig‘ildilar.
Galdagi uchrashuvga Toshkent shahar IIBB hamda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBdan tezkor vakillari taklif qilindi. Amaliyot xodimlari terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab berishdi.
Kursantlar sohaviy xizmat faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur tavsiyalar tingladilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati