IIV Akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi IIVning Barnaul yuridik instituti o‘rtasida onlayn master-klass mashg‘uloti tashkil etildi.
Professor-o‘qituvchilar va kunduzgi ta’lim bakalavriatining “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar qatnashgan mashg‘ulotni Barnaul yuridik instituti dotsenti, polkovnik Viktor Baumtrog olib bordi.
Videoma’ruzada ichki ishlar organlari faoliyatida qo‘llanilayotgan zamonaviy qidiruv va tekshirish uskunalarining turlari, ulardan foydalanish usullari, politsiya tuzilmalarini maxsus teknika va asbob-uskunalar bilan ta’minlashning hozirgi holati keng yoritildi.
***
Magistratura tinglovchilari ishtirok etgan navbatdagi onlayn mashg‘ulot “Ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish va ma’muriy-huquqiy tartibga solish” mavzuiga bag‘ishlandi.
Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan videoma’ruzada professor Vladimir Redkous ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlariga batafsil to‘xtaldi.
***
Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligining 1-son akademik litseyida uchrashuv o‘tkazildi.
“Jinoyatlarni fosh etishda kriminalistik ekspertizalarning o‘rni” mavzuidagi tadbir o‘quvchi yoshlarni mazkur soha bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi. Muloqotda IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va uning hududiy bo‘limlari faoliyati, ekspert-kriminalist xodimning asosiy vazifalari, tizimda qo‘llanilayotgan ilg‘or uskunalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Litsey o‘quvchilari soha uchun kadrlar tayyorlash jarayoni yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati