Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

20 Aprel 2023, 06:04

959

IIV Akademiyasining “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar galdagi “Muloqot klubi”da yig‘ildilar.

 Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Saidakbar Po‘latov va bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Alisher Sarabekov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv qizg‘in o‘tdi. Jinoyatchilikka qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari, tezkor xodimning kasbiy fazilatlari, murakkab vaziyatlarda oqilona yechim topish yo‘llari, zamonaviy sharoitda sohaga kirib kelayotgan yangicha uslublar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Mehmonlar amaliyotdagi ko‘p yillik faoliyatlari davomida fosh etgan turli jinoyatlari va erishgan yutuqlarini so‘zlab, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.     

* * *

Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi qoshidagi o‘quv-simulyatsiya xonasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

“UzAutoMotors” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent filiali mutaxassisi Abdulla Shonazarov, kafedra o‘qituvchilari va kursantlar qatnashgan tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 172-son qarori asosida amaliyotga tatbiq qilingan tartib-qoidalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech