Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

20 Mart 2023, 06:03

711

Bu yilgi yasharish-yangilanish ayyomi “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahallasida ham Navro‘z bayrami o‘zgacha kayfiyatda qarshi olindi. Nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida dildan suhbat qurdilar. El suygan taniqli san’atkorlar, IIV Akademiyasi badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.  

* * *

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash maqsadida IIV Akademiyasi xodimlari uchun oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka rastalaridan joy olgan kartoshka, piyoz, un, go‘sht, tuxum, pishloq, yog‘, shirinliklar va sarxil ichimliklar nisbatan arzonlashtirilgan narxda xaridorlarga tuhfa qilindi.    

* * *

IIV Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazi ko‘rsatmasiga binoan o‘tkazilgan targ‘ibot o‘tkir yuqumli kasalliklardan saqlanishga bag‘ishlandi.

Akademiya Tibbiyot bo‘limi xodimlari ma’ruza qilgan tadbirda yuqumli kasallik sirasiga kiruvchi Sibir yarasi – kuydirgining yuqish yo‘llari, belgilari, xavf darajalari, shuningdek tabiiy o‘choqlari va uni tarqatuvchi omillar bo‘yicha ma’lumot berildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech