Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

16 May 2023, 08:05

1253

“Ma’naviyat oyligi” doirasida IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim 2-bosqich kursantlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” mavzuida insholar tanlovi o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi, Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda kursantlar faol ishtirok etdi.

Yoshlarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir yakunida eng sara insholar saralab olindi.

* * *

IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi vakillari bilan birgalikda o‘tkazilgan davra suhbati kursantlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Unda virtual olamdagi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, sodir etilish usullari, boshqa turdagi jinoyatlardan farqli jihatlari, shuningdek kiber makondagi huquqbuzarliklarni aniqlashda qo‘llaniladigan texnik va dasturiy vositalar, bu turdagi jinoyatlarning oldini olish va fosh etish, ayniqsa malakali tergov qilishda talab etiladigan zarur bilim hamda ko‘nikmalar haqida so‘z bordi.

“Tergov faoliyati”, “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishlari kursantlari, mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan tadbirda kiberxavfsizlikni ta’minlashning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlari atroflicha yoritildi. Kursantlar mavzuga oid ko‘plab savollarga javob olishdi.

* * *

FVV Akademiyasi bilan hamkorlikda ushbu ta’lim muassasasida o‘tkazilgan mashg‘ulot kursantlar uchun tajriba almashish imkonini berdi.  

Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan mashg‘ulotda yong‘in tufayli kelib chiqqan jinoyatlar paytida voqea joyida amalga oshiriladigan protsessual harakatlar amaliy jihatdan namoyish etildi. Malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan tavsiyalar kursantlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech