O‘quv dargohida “Men donorman!” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda qonga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolish, ularning salomatligiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi.
Erta tongdan boshlangan aksiyada ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari, shuningdek ko‘ngilli donorlar faol ishtirok etdi.
* * *
Akademiyaning Chet tillari markazi tomonidan tashkil qilingan navbatdagi mashg‘ulotni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Laziza Abdullayeva olib bordi.
“Criminal law” mavzuidagi mashg‘ulot uch bosqichdan iborat bo‘ldi. Bunda tinglovchilarning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, yangi so‘z va iboralardan foydalanish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Interfaol metodlar yordamida qiziqarli savol-javob tarzida o‘tgan mashg‘ulotda professor-o‘qituvchilar faol qatnashdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati