O‘quv dargohida “Vatanni sevish – ulug‘ fazilat” mavzuiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet boshlig‘i o‘rinbosari Q. Saitqulov, kafedra boshliqlari B. Umrzoqov va S. Sharipov so‘z olib, komil insonga xos fazilatlardan biri sanalgan vatanparvarlik haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Ona yurtni e’zozlash, ilm-ma’rifatli bo‘lish, jamiyatga naf keltirish, tinchlikni asrab-avaylash Vatanga muhabbatning oliy namunasi ekanligi, yoshlar bilim cho‘qqilarini egallab, yurtimizga sidqidildan xizmat qilishlari lozimligi ta’kidlandi.
* * *
Akademiyada ta’lim olayotgan xorijlik kursantlar poytaxtimizda ochilgan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Ko‘rgazma mustabid tuzum davri, xususan, o‘tgan asrning 20-yillari Germaniyaga o‘qish uchun borgan turkistonlik yoshlarning qismati haqida hikoya qiladi.
Multimediya texnologiyalari yordamida aks ettirilgan fotosuratlar, arxiv materiallari kursantlarda ulkan taassurot qoldirish bilan birga, ko‘plab tarixiy ma’lumotlarni taqdim etdi.
* * *
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.
Bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etgan tadbir “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash – huquqiy davlatning bosh mezoni” deb nomlandi. Akademiya katta o‘qituvchisi I. Haydarov yoshlarning Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlari va erkinliklari haqida tushuncha berib, o‘quvchilarni qonunga itoatkor bo‘lishga, internet orqali kirib kelayotgan yot illatlardan ogohlikka chaqirdi.
Tadbir davomida “Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzuida viktorina o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati