Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

10 Iyun 2023, 08:06

795

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni samarali tatbiq etishni taqozo etadi.

IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim yo‘nalishini “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlayotgan bir guruh kursantlar Jamoat xavfsizligi universitetida o‘zaro tajriba almashib qaytishdi.

Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulot davomida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy qilinayotgan yangiliklar, soha uchun kadrlar tayyorlash istiqbollari xususida fikr almashilib, ta’limdagi o‘ziga xos yondashuvlar o‘rganildi.

* * *

Psixologik ta’minlash markazida Qo‘riqlash otryadi xodimlari uchun navbatdagi trening o‘tkazildi.

IIVning “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyruqlariga binoan tashkil qilingan trening davomida xodimlarning ruhiy-hissiy holati o‘rganilib, olingan natijalar asosida psixologik suhbat o‘tkazildi.

* * *

Akademiyaning Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchichiligida mazkur ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar uchun amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.

Jamoat xavfsizligi universiteti o‘quv bazasida o‘tkazilgan mashg‘ulotda kursantlar portlash bilan sodir bo‘lgan joyda ashyoviy dalillarni topish, ularni qayd qilish, olib qo‘yish, qadoqlash va ekspertizaga yuborish harakatlarini mustaqil ravishda bajardilar. Mashg‘ulot so‘nggida professor-o‘qituvchilar tomonidan kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech