“Ma’naviyat oyligi” doirasida IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 13-son jazoni ijro etish koloniyasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Uch avlod uchrashuvi”ga IIV Akademiyasi magistraturasining Boshqaruv fanlari kafedrasi boshlig‘i, polkovnik Bahrombek Adilov taklif qilindi. Tadbir davomida shaxsiy tarkib a’zolariga kasb madaniyati, xodimlarning xizmat va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-axloqi va intizomiga qo‘yilgan talablar, doimiy ravishda bilim va kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirib borish, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
* * *
Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Qodirali Saitqulov maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 28 va 107-sonli o‘rta umumta’lim maktablarida tashkil etilgan uchrashuvlar yosh avlodning harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Akademiya vakili mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, ayniqsa yoshlar bilan ishlash, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi tizimli ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘zi ta’lim olgan maktab o‘quvchilari bilan kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlarini o‘rtoqlashdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar IIV Akademiyasi faoliyati aks etgan videorolikni tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati