Yong‘inning kelib chiqish sabablari qanday aniqlanadi? Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Zamonaviy ekspertiza turlaridan xabardormisiz?
FVV Akademiyasi kursantlari bilan “Yong‘inning tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi” fanidan o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘ulotida bo‘lajak soha vakillari shu kabi savollar yuzasidan zarur bilimlarga ega bo‘lishdi.
Mashg‘ulotni IIV Akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik I. Haydarov olib bordi. Tajribali mutaxassis yong‘inlar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni fosh etish maqsadida tayinlanadigan kriminalistik ekspertizalar, ularni o‘tkazish tartibi va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’ruza qildi. Mashg‘ulot yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
* * *
Jamoat xavfsizligi universitetida “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchi (xodim)larning psixologik tayyorgarligiga zamonaviy yondashuv: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Psixolog olim va ekspertlar, ilmiy tadqiqotchilar, ta’lim muassasasi jamoatchiligi ishtirok etgan anjumanda mavzuning ilmiy va amaliy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Soha vakillari qatori, IIV Akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi dotsenti, kapitan N. Turg‘unovaning “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda xodimlarning muloqot madaniyatini yuksaltirish mexanizmlari” mavzusidagi ma’ruzasi, muhim yo‘nalishdagi taklif
va tavsiyalar tadbirning dolzarbligini oshirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati