Poytaxtimizning Yangihayot tumani Xalq ta’limi bo‘limi, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda IIV Akademiyasining Tarbiyaviy-psixologik faoliyati kafedrasi hamkorligida tumandagi 331-sonli o‘rta umumta’lim maktabida davra suhbati tashkil qilindi.
“O‘smir qizlarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimlari” mavzuida o‘tkazilgan tadbirda soha mutaxassislari tomonidan ma’naviy-tarbiyaviy hamda psixologik tavsiyalar berildi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan videorolik o‘quvchilarni turli illatlardan ogoh bo‘lishga xizmat qildi.
***
IIV Akademiyasining Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-sonli o‘rta umumta’lim maktabi hamda IIVning 1-sonli akademik litseyida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Yosh avlodning kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga oid bilimlarini mustahkamlash, ayniqsa internet tarmog‘idan oqilona foydalanish ko‘nimalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda raqamli texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati atroflicha tushuntirib o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislardan javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati