Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

04 Iyun 2023, 06:06

1268

IIV Akademiyasida yuridik fanlar doktori, professor Surayyo Rahmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tajribali huquqshunos olima yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mustahkamlangan aybsizlik prezumpsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, shaxs o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi tergov organlari tomonidan shaxsni majburlash yoki unga har qanday bosim o‘tkazish kabi salbiy holatlaridan himoya qiladi. Aybsizlik prezumpsiyasining konstitutsiyaviy darajada yanada keng doirada mustahkamlangani fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi.

Davra suhbati konstitutsiyaviy islohotlarning muhim yo‘nalishlariga qaratilgan fikr-mulohazalar, dolzarb mavzudagi savol-javoblar bilan davom etdi.

* * *

Akademiya kunduzgi ta’limida “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlar uchun muloqot tashkil qilindi.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Olmazor tumani IIO FMB vakillari taklif etildi. Soha mutaxassislari sud-tergov amaliyotida advokatura institutining o‘rni, tizimni takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek ishni sudga qadar yuritish bosqichida qonun ustuvorligini ta’minlashda ahamiyat qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar, soha xodimlarining professional salohiyati va kasbiy madaniyatiga qo‘yilgan talablar haqida mulohaza yuritishdi.

* * *

Psixologik ta’minlash markazi tomonidan saf qismi xodimlari uchun trening o‘tkazildi.

Mashg‘ulot muloqot psixologiyasini rivojlantirish, nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish va ruhiy barqarorlikni saqlash ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirildi. Trening yakunida ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish, verbal va noverbal muloqot o‘rnatish, stressni yengish usullari tushuntirib o‘tildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech