Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya xabarlari qisqa satrlarda

27 Mart 2023, 09:03

996

Ta’lim muassasasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” mavzuyiga bag‘ishlandi.

Tadbirda olim va professor-o‘qituvchilar so‘z olib, mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Ochiq muloqot davomida yosh avlodning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni mafkuraviy tahdid va g‘oyalardan himoya qilish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va barqarorlikni mustahkamlash Uchinchi Renessans poydevorining muhim tayanchi ekanligi ta’kidlandi.

* * *

Akademiyada Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ichki ishlar organi xodimining kasb madaniyati va etikasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir kursant yoshlarning kasbiy fazilatlarini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

* * *

Akademiya magistraturasi professori, polkovnik Sharif Qobilov korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

Interfaol yondashuvlar asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda kursantlar “korrupsiya” tushunchasi, korrupsiyaviy jinoyatlarning oqibati, ushbu illatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining yo‘nalishlari va ichki ishlar organi xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar haqida keng tushunchaga ega bo‘lishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech