Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya sahnasida “Kunduzsiz kechalar” spektakli

27 Fevral 2023, 09:02

858

IIV Akademiyasida o‘tkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat darsida “Kunduzsiz kechalar” spektakli namoyish qilindi.

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida O‘zbekiston xalq artisti, Bobur xalqaro mukofoti sohibi Muhammadali Abduqunduzov tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda rollarni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ijro etishdi.

Tadbir avvalida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan milliy adabiyotimizning yetuk namoyandalari hayoti va ijodini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda, ularni tarixda o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Ma’rifat adib Abdulhamid Cho‘lponning hayoti va ayanchli qismati, millatimiz ziyolilarining istiqlol yo‘lidagi kurashlari, mustabid tuzum davri voqealari yoritilgan sahna asari ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va kursantlarida ulkan taassurot qoldirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech