Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya rahbari magistrlar bilan uchrashdi

16 Oktyabr 2024, 09:10

259

Muloqot zamonaviy rahbar kadrlarga xos mezonlar, islohotlar davrining dolzarb talablariga bag‘ishlandi.

Uchrashuv avvalida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarga e’tibor qaratildi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar va erishilayotgan ijobiy ko‘rsatkichlar aniq faktlar, statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Mamlakatimizdagi yangilanishlar, eng avvalo, “inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyaga qaratilgani, xalqimizning tinch-osuda va farovon hayotini ta’minlashga xizmat qilayotgani e’tirof etildi. 

Akademiya rahbari izchil islohotlar davrida barcha sohalar qatori, ichki ishlar organlari tizimida ham rahbarlarga qo‘yilayotgan talab va mas’uliyat oshganini alohida ta’kidladi.

– Barchangiz yaxshi bilasiz, ichki ishlar organlari uchun rahbar kadrlar tayyorlash tizimi ilgari ham mavjud edi. Ammo bugun sizlar ta’lim olayotgan magistraturaning faoliyat mazmuni butunlay boshqacha. O‘qitish jarayonida nafaqat boshqaruvga oid zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, balki rahbarlikka xos ma’naviy-axloqiy fazilatlaringizni yuksaltirishga ham ustuvor ahamiyat qaratyapmiz. Zero, muhtaram Prezidentimiz har bir rahbar o‘z faoliyatida adolatli va xalqparvar bo‘lishi, o‘zini qiynab xalqimizni rozi qilib yashashi kerakligini alohida ta’kidlagan edilar, – dedi o‘quv dargohi boshlig‘i Rustam Xatamov.

Ochiq muloqotda rahbarlikka xos asosiy jihatlar, boshqaruvning zamonaviy tamoyillari, ichki ishlar organlari xodimlaridan talab etilayotgan shaxsiy fazilatlar, xalq bilan muloqot qilish va faoliyatni samarali tashkil etish omillari xususida mulohazalar bildirildi.

Akademiya boshlig‘i tinglovchilarga zarur tavsiyalar berib, “Liderlar kitobi” risolasini sovg‘a qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech