Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya rahbari kursantlar bilan uchrashdi

18 Aprel 2023, 04:04

894

Yoshlar bilan ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun shart-sharoit yaratish e’tibortalab masala. Ayni paytda bu davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

IIV Akademiyasi rahbari tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bitiruv oldi malakaviy ish o‘rganish amaliyotini o‘tayotgan kursantlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda sohaviy xizmatlar vakillari hamda kursantlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Yig‘ilganlar e’tibori, birinchi navbatda, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ichki ishlar organlarini aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga qaratildi. Tizimni xalqchil tuzilmaga aylantirish kadrlarning professional salohiyatiga bog‘liqligi, so‘nggi yillarda ta’lim sifati va samaradorligi zamon talablari darajasida oshirilib, amaliyot bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov yoshlarga murojaat qilib, muntazam o‘qib-o‘rganish, xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish, ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish har bir kursantning qat’iy qoidasi bo‘lishi kerakligini alohida qayd etdi. Shuningdek yig‘ilishda kursantlar, ularning murabbiy va ona-onalari ham so‘zga chiqdi. Amaliyot davrida yutuqlarga erishayotgan bir guruh yoshlarga turli kitoblar sovg‘a qilindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech