Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiya magistraturasi yangi zamon rahbarlarini tayyorlaydi

8 Sentyabr 2022, 15:42

2392

Yangi öquv yili munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği magistratura tinglovçilari bilan uçraşdi.

Oçiq muloqot ruhida ötgan tadbirda magistraturaning bir yillik faoliyati, amalga oşirilgan keng qamrovli işlar va joriy öquv yilidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.

Bugun jamiyat hayotining barça jabhalarida inson qadrini uluğlaşga qaratilgan izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Yangilanişlar davri içki işlar organlari faoliyatini xalq manfaatlariga xizmat qiladigan samarali mexanizmlar asosida taşkil etişni taqozo etmoqda. Tizim samaradorligini oşiriş esa kadrlar, ayniqsa rahbar kadrlarning salohiyatiga boğliq.

Akademiya boşliği davlatimiz rahbarining qarori bilan 2021/2022-öquv yilida taşkil etilgan magistratura faoliyatiga töxtalar ekan, ta’lim jarayonida yangi yondaşuvlar tatbiq qilinganini alohida ta’kidlab ötdi.

– Tinglovçilar bir yil mobaynida zamonaviy talablar asosida ta’lim oldilar, – dedi R. Xatamov. – Rahbar kadrlarni tayyorlaşda ilgari mavjud bölmagan mutlaqo yangi mexanizmlarga, xususan, modulli öqitiş, maşğulotlarga davlat hokimiyati va boşqaruv organlari vakillarini keng jalb etiş, xorijiy mamlakatlar tajribasini örganiş, tinglovçilarning rahbarlik va boşqaruvçanlik fazilatlarini yuksaltirişga alohida e’tibor qaratildi.

Oçiq muloqotda erişilgan yutuqlar bilan birga, ta’lim jarayonida yöl qöyilgan ayrim kamçiliklar ham aytib ötildi. Şunga köra, joriy öquv yilida öqitişning yangi mexanizmlari joriy qilinişi, professor-öqituvçilar va tinglovçilarga yuqori talablar qöyilişi, xizmat intizomi va qonunçilikka qat’iy e’tibor qaratilişi qayd etildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech