Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya kursantlari – Qomusimiz bilimdoni

02 Dekabr 2022, 09:12

1143

Bosh qomusimiz qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan Toshkent davlat transport universitetida “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda mezbon universitetda ta’lim olayotgan talaba va kursantlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Boshqotirma”, “Sahna ko‘rinishi”, “Debat” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Murosasiz va qizg‘in munozaralarga boy o‘tgan tanlov yakunida IIV Akademiyasining “Qomusimiz qalqonlari” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Adolat poydevori” jamoasi ikkinchi, Toshkent davlat agrar universitetining “Yurisprudensiya” jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov ishtirok etdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech