O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan yurtimizning 15 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport tadbirlari o‘tkazildi.
Poytaxtimizning “Ashxobod” saylgohida Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamkorlikda “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida ommaviy yugurish marafonini tashkil etdi.
Tadbirda Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirlari, tizim xodimlari, kursant va tinglovchilar shuningdek, poytaxtimiz aholisi faol ishtirok etdilar.
Marafonda vazirlik akademiyasining 2-o‘quv kursi kursantlari ham munosib ishtirok etib, erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Akmal Salayev, 3-o‘rinni Fayzullo Xabibullayevlar qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar esdalik nishonlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati