Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalarining ayol xodimalari voleybol musobaqasida bellashdilar.
Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport va jismoniy tarbiyani yanada ommalashtirish, xodimlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuvlarga poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmui mezbonlik qildi.
Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi mezbonlik qilgan bahslar yakunida Toshkent shahar IIBB jamoasi birinchi, IIV Jazoni ijro etish departamenti jamoasi ikkinchi, IIV akademiyasi jamoasi uchinchi o‘rini egalladi. Sovrindorlar diplom, medal va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati