Ichki ishlar vazirligining joylardagi akademik litseyida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Sirdaryolik o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida so‘z bordi. Keyingi yillarda yosh avlod vakillarining puxta bilim olishi, o‘zi istagan kasbni egallashi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.
Muloqot davomida IIV akademiyasi kadrlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quv muassasasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar o‘qishga kirish imtihonlari, abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kunduzgi ta’lim bakalavriati ixtisoslik yo‘nalishlari, kursantlar bilan tashkil etiladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuzasidan tasavvurga ega bo‘lishdi.
Aytish joizki, xuddi shunday targ‘ibotlar Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi akademik litseylarda ham o‘tkazildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati