Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya boshlig‘i yoshlar huzurida

26 Avgust 2023, 04:08

955

Yangi O‘zbekiston yoshlari bugun ulkan maqsad va intilishlar bilan hayotga kirib kelmoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi uchun munosib sharoitlar yaratish davlatimiz e’tiborida.

IIV Akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov o‘quv-dala markazida kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursi kursantlari bilan uchrashdi. Muloqot ruhida o‘tgan tadbir ichki ishlar organlaridagi yangilanishlar, soha uchun kadrlar tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga bag‘ishlandi.   

Ta’kidlab o‘tilganidek, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ichki ishlar organlari faoliyati tubdan isloh qilinib, tizim uchun professional kadrlar tayyorlash ishlari yangi bosqichga olib chiqildi. Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish, kursantlarning ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kelgusi xizmat faoliyatiga qisqa fursatda moslashishini ta’minlashga qaratilgan samarali yondashuvlar tatbiq etildi. Bundan tashqari, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, ichki ishlar organlaridagi muammolarni “ilmiy diagnoz” asosida o‘rganish, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Ta’lim muassasasi rahbari yoshlarga murojaat qilib, hozirgi raqobat davrida kursantlar bilim, dunyoqarash, tashabbus va fidoyilikda barchaga o‘rnak bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi. Bu borada fan olimpiadalari, turli tanlov va sport musobaqalarida yutuqlarga erishib, Akademiya nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni ibrat sifatida ko‘rsatdi. 

Uchrashuv so‘nggida poligon sharoitida kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Yoshlarga davlatimizning ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanib, chuqur bilimga ega yetuk professional kadr bo‘lish, Vatan ravnaqi va farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech