Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV Akademiyasida minifutbol turniriga start berildi.
Akademiya boshlig‘i kubogi uchun o‘tkazilayotgan mazkur turnirda shahodatlangan xodimlar va magistratura tinglovchilaridan iborat jami 10 ta jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
Tashkilotchilarning xabar berishicha, o‘yinlar 23-oktyabrga qadar davom etadi va yakunda faxrli o‘rin sohiblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati