Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya bilan tanishuv

04 Noyabr 2023, 07:11

900

Yurtimizda yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bolaligidan kasbga yo‘naltirish, yuqori malakali huquqshunos sifatida tayyorlashning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

IIV Akademiyasida 1-sonli idoraviy akademik litsey o‘quvchilari uchun tashkil qilingan “ochiq eshiklar kuni” ayni shu maqsadga qaratildi. 

Tadbir davomida o‘quvchilar ta’lim maskani faoliyati va u yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Soha uchun professional kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Ayniqsa saf maydoni, buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan vatanparvarlik burchaklari, qulay imkoniyatlarga ega sport majmuasi, o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari o‘quvchilarning alohida qiziqishiga sabab bo‘ldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech