Ichki ishlar vazirligining 1-sonli akademik litseyida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining o‘ttiz ikki yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, “Targ‘ibotchilar” guruhi faollari hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv “Vatan himoyasi – sharafli va muqaddas vazifa” mavzuidagi davra suhbati bilan boshlandi. Unda muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” degan g‘oya asosida milliy armiyamiz va Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida so‘z bordi.
Tadbir davomida akademiya kadrlar bo‘limi vakillari so‘zga chiqib, professional kadrlar tayyorlash maqsadida ichki ishlar organlari tizimida yo‘lga qo‘yilgan uzluksiz ta’lim jarayonlari, kelajagimiz vorislari uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar, akademiyaga o‘qishga kirish mezonlariga to‘xtalib o‘tdilar. Litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi axborot xizmati