Yoshlarning ona Vatanimizga va tanlagan kasbiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirga IIV qoshidagi 1-sonli akademik litsey o‘quvchilari taklif etildi.
Ta’lim maskanida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘quv majmualari, Axborot-resurs markazi, Harbiy va Jangovar-jismoniy kafedralari, turar-joy inshootlari bilan tanishuv asnosida ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan innovatsion yangiliklar haqida ma’lumot berildi.
O‘quvchilar kursantlarni kasbiy, ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol toptirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda qatnashib, ulkan taassurotlarga ega bo‘ldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati