Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ajdodlar merosi bilimdoni” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ichki ishlar vazirining farmoyishi asosida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilindi. Unda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan idoraviy akademik litseylar o‘quvchilari ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlov “savol-javob”, “test sinovi” va “erkin mavzu” shartlaridan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk ajdodlarimizga nechog‘lik munosib voris ekanliklarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona viloyatidagi akademik litseyi o‘quvchisi Muhammadfozil Ismoilovga, ikkinchi o‘rin Andijon viloyati akademik litseyi o‘quvchisi Oyjamol Abdukarimovaga, uchinchi o‘rin Samarqand viloyati akademik litseyi o‘quvchisi Bekjon Zayniyevga nasib qildi. Bundan tashqari, Avaz Akramov “Eng yaxshi kitobxon”, Sanjar Qosimov “Eng yaxshi bilimdon”, Barno To‘rayeva “Eng yaxshi mahoratli ijodkor” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Aytish joizki, mazkur ko‘rik-tanlov akademiya miyosida ham o‘tkazilib, unda kunduzgi ta’lim kursantlari faol ishtirok etishdi. Ikki bosqich yakunlariga ko‘ra, Kamronbek Ismoilov birinchi, Saydulla Ergashov ikkinchi, Nurmuhammad Burxoniddinov uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa. Behruz Hoshimov, Sardorbek Rahimberganov, Ibrohim Sodiqboyevlar turli nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati