Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘ining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari kursantlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rgandi.
Yurtimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biriga aylandi. Tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim samaradorligiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu esa hozirgi globallashuv sharoitida juda muhim.
Muloqotda ta’limni raqamlashtirishning afzalliklari, o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, bu borada qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, ta’lim-tarbiya sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, ayni sohadagi muammolarning yechimlari xususida fikr almashildi.
Yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, yangi elektron dasturlarni yaratish borasidagi takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati