Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Axborot xurujlari ogohlikni talab etadi

04 Dekabr 2023, 03:12

781

Ichki ishlar vazirligining Toshkent viloyatidagi akademik litseyida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.  

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari, IIV Akademiyasining “Targ‘ibotchilar guruhi” faollari, akademik litsey jamoasi ishtirok etgan tadbirda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan tahdidlar haqida so‘z bordi.  

Ta’kidlab o‘tilganidek, yurtimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi, ezgu maqsad va intilishlarini ro‘yobga chiqarishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlar bilan maqsadli ishlashga qaratilgan istiqboli dasturlar hayotga izchil tatbiq qilinmoqda. Biroq globallashuv sharoitida yosh avlod ma’naviyatiga qaratilgan turli tahdidlar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, internet makoni orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan illatlar dolzarb muammoga aylanmoqda.

Tadbirda milliy ma’naviyatimizga yot g‘oyalarga qarshi kurashishda ta’lim va tarbiya uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. O‘quvchilarga zamonaviy axborot xurujlaridan ogoh bo‘lish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirib borish borasida zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek akademiya kursantlari so‘z olib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning sabab va shart-sharoitlari, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

Davra suhbati yakunida bir guruh faol yoshlarga “Kiberjinoyatlarni tergov qilishning xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanma sovg‘a qilindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech