Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

25-oktyabr – Içki işlar organlari xodimlari kuni

25 Oktyabr 2022, 12:56

5436

Içki işlar vazirligi akademiyasi saf maydonida ötkazilgan tantanali tadbir Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boşlandi.

Ta’lim muassasasi rahbari, polkovnik Rustam Xatamov kursantlarni bayram munosabati bilan muborakbod etib, mamlakatimiz içki işlar organlarining şonli tarixi, ayniqsa sönggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlarga töxtaldi. 

E’tirof etilganidek, içki işlar organlarining xalqçilligini ta’minlaşga qaratilgan samarali mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Izçil islohotlar davrida tizimni aholiga yanada yaqinlaştiriş orqali fuqarolarni taşvişga solayotgan muammo va masalalarni joyida hal etiş, hududlarda jinoyatçilikni jilovlaş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida keng qamrovli işlar amalga oşirilib, ijobiy natijalarga erişildi.

 Akademiya boşliği içki işlar organlari faoliyatining ustuvor yönalişlariga töxtalib, tizim uçun zamon talablariga mos kadrlar tayyorlaş jarayonlari tubdan isloh qilinganini ta’kidladi.

– 2021-2022 öquv yilidan boşlab ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqiçga çiqdi. Akademiyaning ilmiy-pedagogik salohiyatini yuksaltiriş, innovatsion ta’limni yölga qöyiş, öquv jarayonini amaliyot bilan uzviy boğlaş, ayniqsa xorijning ilğor tajribalarini örganişga keng yöl oçilgani kadrlar tayyorlaş samaradorligiga xizmat qilmoqda. Bugungi davr kursantlarimizning harbiy-vatanparvarlik tuyğulari, kasbiy hamda jangovar-jismoniy tayyorgarligini yanada kuçaytirişni taqozo etmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “maqsadimiz – Yangi Özbekiston yoşlarini dunyoqaraşi keng, kreativ fikrlaydigan, Vatan taqdiri uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olişga tayyor barkamol şaxslar sifatida voyaga yetkaziş”, – dedi Akademiya boşliği.

Tadbir yakunida öquv yili davomida özini ijobiy tomondan namoyon etib, fanlarni özlaştirişda hamda jamoat tadbirlarida namuna körsatgan kursantlar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek bir guruh yoşlarning ota-onalariga Akademiya boşliğining minnatdorlik maktublari yuborildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech