O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil qilindi.
“Interfaol usullarda mashg‘ulotlar o‘tkazishning zamonaviy texnologiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv kursiga IIV Akademiyasining ixtisoslik va yuridik kafedralaridan 25 nafar o‘qituvchi jalb qilindi.
Tajribali mutaxassislar tomonidan zamonaviy ta’limda keng qo‘llanilayotgan metod va yondashuvlar, o‘qitish texnologiyalari, ularning o‘ziga xos xususiyat va imkoniyatlari, pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish omillari, taym-menejmentdan unumli foydalanish kabi muhim yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borildi.
Malaka oshirish kursi yakunida o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar yuzasidan fikr almashilib, o‘qituvchilarga sertifikat topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati