Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

21-fevral – Xalqaro ona tili kuni

20 Fevral 2023, 07:02

1058

Sana munosabati bilan IIV Akademiyasida “Til xalqning borlig‘ini aks ettiruvchi ko‘zgudir” mavzuidagi ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda “Ona tili millat g‘ururi”, “So‘z – buyuk qadriyat, til – abadiyat!”, “Til xalqning borlig‘ini aks ettiruvchi ko‘zgudir”, “Dunyo xalqlari tilining o‘ziga xosligi”, “Tilning yashirin imkoniyatlari”, “Ona tili – millat ruhi, or-nomusi” mavzularida chiqishlar qilindi.

Jamiyatning ma’naviy qiyofasini shakllantirish, ayniqsa yosh avlodni bakamol voyaga yetkazish, ularga munosib ta’lim-tarbiya berishda ona tili beqiyos o‘rin egallashi, millat ruhiyati va tafakkurining mustahkam o‘zagi bo‘lgan davlat tiliga e’tibor Vatanga sadoqatning oliy namunasi ekanligi ta’kidlandi.

Tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etgan tadbirda Xalqaro ona tili kunining ahamiyati, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar, tilshunoslik sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech