Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi “HUMO ARENA” sport majmuasi hududida marafon yugurish musobaqasi o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining besh muhim tashabbusi doirasida ommaviy sport tadbirlarini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir vazirlik markaziy apparati hamda Toshkent shahar IIBBdan jami 2000 nafar ishtirokchini qamrab oldi. Musobaqada Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham faol qatnashganini e’tirof etish joiz.
Marafonchilar startdan finishga qadar 3 ming metr masofani bosib o‘tishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida kursantlarimizdan Nafosat Sobirova 1-o‘rinni, Zilola Toshpo‘latova 2-o‘rinni va Malika O‘rmonova 3-o‘rinni egalladi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada esa Akmal Salayev va Fazliddin Habibullayevga shohsupaning dastlabki ikki o‘rni nasib qildi.
Taqdirlash marosimida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov ishtirok etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati