Vaqt o‘tgani sayin o‘z qiymatini yo‘qotmaydigan xazina – bu kitob. Uni qadrlash, mag‘zini uqish, ilmga intilish esa ma’naviy komillikka yetaklaydi.
Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik saviyasini o‘stirish, kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Bu borada turli kitob yarmarkalarining tashkil etilayotgani yoshlar talabini o‘rgangan holda ularning ma’naviy ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda.
IIV Akademiyasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor yarmarka ham xodim va tinglovchi-kursantlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Unda poytaxtimizdagi qator nashriyotlarda chop etilgan turli mazmundagi kitoblar savdoga qo‘yildi. Nisbatan arzonlashtirilgan narxlarda tashkil etilgan yarmarka davomida 2 mingga yaqin adabiyot xarid qilindi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, sayyor kitob yarmarkalari ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish barobarida, xodimlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati