Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“102” tizimi qanday ishlaydi?

14 Sentyabr 2024, 04:09

244

IIV akademiyasida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotda ichki ishlar organlariga joriy qilingan mazkur tizimning ishlash tartibi batafsil tushuntirib o‘tildi.

Tadbirda vazirlik Tashkiliy departamenti vakillari, Tergov-kriminalistika fakulteti hamda Tergov faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi.

Tajribali amaliyotchi xodimlar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy qilinayotgan zamonaviy texnologiyalar, xususan, “102” tizimining ishlash tartibi va afzalliklari, “Call-markaz”lar orqali kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Departament vakillarining ta’kidlashicha, “102” tizimi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va geoaxborot tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, yagona klaster hamda platformaga birlashtirilgan.

Tizim orqali nafaqat huquqbuzarlik va jinoyatlar to‘g‘risida xabarlar, balki ko‘makka muhtoj shaxslarning murojaati ham qabul qilinadi. Bunday vaziyatda xabarlar manzil bo‘yicha profilaktika inspektorlariga yetkaziladi va fuqarolarga zaruriy yordam ko‘rsatiladi. Joriy yilning sakkiz oyi davomida “Call-markaz”larga 2 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan.

Ko‘rgazmali taqdimot tarzida o‘tgan mashg‘ulot davomida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy ko‘nikmalarini boyitdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech